GIYOHVANDLIKNI ERTA ANIQLASH VA UNGA QARSHI KURASHISHNI JADALLASHTIRISH BO'YICHA NAZARIY VA AMALIY TAKLIFLAR

Main Article Content

Kamolova Durdona

Abstract

Ma’lumki, inson salomatligi uchun eng katta xavf tug’diruvchi illatlardan biri bu - giyohvandlikdir. U xuddi xastalik kabidir, ya’niki giyohvandlik moddasi uni is’temol qilib ko’rgan insonni o’ziga o’rgatib qo’yadi, muntazam ravishda qabul qilish yo’liga beixtiyor o’tib qolayotganini insonni o’zi ham sezmay qoladi. Bu albatta, hayot va sog’liq uchun xavfli va jiddiy muammolarga sabab bo’luvchi holatdir.


  Yigirma birinchi asrga kelib, insoniyat ahli giyohvandlikka va zaharvandlikka ruju qo’ydi, bu salbiy oqimga kiruvchilarning soni yildan-yilga orta boshladi. Giyohvandlik vositalarini oldi-sotdi ishlari bilan shug’ullanish orqali daromad orttirish ko’pchilikning asosiy kasbiga aylandi desak ham mubolag’a bo’lmaydi. Shu bilan birga, hukumat tomonidan taqiqlanganligiga ham parvo qilmay, uni bevosita o’zining turar joy hududida ham narkotik o’simliklar ko’rinishida yetishtiruvchi qonunbuzarlik holatlari ham paydo bo’la boshladi, albatta. Ammo, bu hali hammasi emas. Hozirgi kunga kelib bu og’ufurushlarning asosiy daromad manbayi jamiyatda aholi orasida psixotrop moddalarni oldi-sotdi ishlarini yo’lga qo’yish bo’lib qoldi. Sun’iy ravishda yaratilgan narko laboratoriyalar esa bularga yaqqol misol bo’lib, ularda insonning miyasiga, ruhiyatiga qattiq ta’sir qila oluvchi dori vositalarini tayyorlash keng tarqala boshlandi. Ayni paytda, giyohvandlik nomi ostida atalayotgan bu zaharvandlik illati jamiyatda, ayniqsa, yoshlar orasida kundan-kunga keng tarqalib bormoqda. Tashvishlanarli jihati shundaki, maktab o’quvchilari orasida bu illat nisbatan jadalroq tarqalayotganligidir. Ular o’zlari ham bilmagan holda, og’u biznesi bilan shug’ullanuvchi kimsalar uchun ajoyib manbaga aylanib qolmoqdalar.


  Shunga qaramay, yurtimiz hududi bo’ylab Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan giyohvandlikni aniqlash va uni fosh etish yuzasidan olib borilayotgan tezkor tadbirlar o’zining ijobiy va samarali natijalarini bermoqda, albatta. Lekin, bu sa’y-harakatlar ba’zi holatlarda yetarli bo’lmayotgandek go’yo. Bu maqolada esa yuqoridagi muammoli holatlarning oldi olinishi natijasini yanada samarali ko’rinishga keltirish uchun bir qancha nazariy va amaliy takliflar taqdim etilgan.

Article Details

Section

Conference Articles

How to Cite

GIYOHVANDLIKNI ERTA ANIQLASH VA UNGA QARSHI KURASHISHNI JADALLASHTIRISH BO’YICHA NAZARIY VA AMALIY TAKLIFLAR. (2026). Scientific Conference Open Proceedings, 1(2), 360-367. https://doi.org/10.5281/zenodo.20577465

References

1. “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to’g’risida”gi 813-sonli O’zbekiston Respublikasi qonuni. Toshkent – 19.08.1999 y

2. “Huquqbuzarliklar to’g’risida”gi 371-sonli O’zbekiston Respublikasi qonuni. Toshkent – 14.05.2014 y

3. “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi 406-sonli O’zbekiston Respublikasi qonuni. 19-modda tegishli bandlari. Toshkent – 14.09.2016 y

4. “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi 407-sonli O’zbekiston Respublikasi qonuni. Toshkent – 16.09.2016 y

5. “Davlat xavfsizlik xizmati to’g’risida”gi 471-sonli O’zbekiston Respublikasi qonuni. Toshkent – 05.04.2018 y