GIYOHVANDLIK VOSITALARINI O‘XSHASH KO‘RINISHDAGI MODDALARDAN AJRATIB OLISHNING AYRIM JIHATLARI

Main Article Content

Jamoliddinov Islom Jahongir o‘g‘li

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglarini tashqi ko‘rinishidan o‘xshash bo‘lgan boshqa qonuniy moddalardan (dori vositalari, qishloq xo‘jaligi o‘g‘itlari, oziq-ovqat qo‘shimchalari va maishiy kimyo vositalari) ajratib olishning kriminalistik, kimyoviy va huquqiy jihatlari kompleks tahlil qilingan. So‘nggi yillarda sintetik giyohvandlik vositalarining (mefedron, alfa-PVP, spays) keng tarqalishi fonida, voqea joyini ko‘zdan kechirish va ashyoviy dalillarni dastlabki tadqiq qilish jarayonida ichki ishlar organlari xodimlari oldida turgan muammolar o‘rganilgan. Maqolada ekspertiza xulosalarining jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishdagi o‘rni hamda zamonaviy portativ tahlil uskunalari (Raman spektrometrlari va maxsus reagentlar) imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ilgari surilgan.


В данной научной статье проводится комплексный анализ криминалистических, химических и правовых аспектов отличия наркотических средств, психотропных веществ и их аналогов от других легальных веществ, схожих по внешнему виду (лекарственные препараты, сельскохозяйственные удобрения, пищевые добавки и средства бытовой химии). На фоне широкого распространения в последние годы синтетических наркотиков (мефедрон, альфа-PVP, спайсы) изучены проблемы, стоящие перед сотрудниками органов внутренних дел в процессе осмотра места происшествия и предварительного исследования вещественных доказательств. В статье выдвинуты научно обоснованные предложения по использованию возможностей современных портативных аналитических приборов (рамановских спектрометров и специальных реагентов), а также роли экспертных заключений в правильной квалификации преступлений.                                                       


This scientific article provides a comprehensive analysis of the forensic, chemical, and legal aspects of distinguishing narcotic drugs, psychotropic substances, and their analogues from other legal substances that are similar in appearance (medicines, agricultural fertilizers, food additives, and household chemicals). Against the backdrop of the widespread distribution of synthetic drugs (mephedrone, alpha-PVP, spice) in recent years, the problems facing law enforcement officers during crime scene investigations and the preliminary examination of physical evidence are studied. The article puts forward scientifically grounded proposals on the use of modern portable analytical equipment (Raman spectrometers and special reagents), as well as the role of expert conclusions in the correct qualification of crimes.


 

Article Details

Section

Conference Articles

How to Cite

GIYOHVANDLIK VOSITALARINI O‘XSHASH KO‘RINISHDAGI MODDALARDAN AJRATIB OLISHNING AYRIM JIHATLARI. (2026). Scientific Conference Open Proceedings, 1(2), 292-301. https://doi.org/10.5281/zenodo.20570584

References

1. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. (01.01.2024 yil holatiga ko‘ra). Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi - Lex.uz.

2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. Lex.uz.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli "Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida"gi Qarori.

4. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida"gi 813-I-son Qonuni.

5. Djalalov A.A., Toshpo‘latov M.A. Kriminalistika. Darslik. – T.: IIV Akademiyasi nashriyoti, 2020.

6. Rustamboyev M.H. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. Maxsus qism. Darslik. – T.: ILM ZIYO, 2018.

7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida"gi Qarori.

8. UNODC (United Nations Office on Drugs and Crime). Recommended methods for the identification and analysis of synthetic cathinones in seized materials. – Vienna, 2015.

9. Kuleshov R.V. Экспертное исследование наркотических средств и психотропных веществ: современные вызовы. Вестник криминалистики. 2022.

10. Sobirov, A. N. Yangi turdagi psixofaol moddalarni kriminalistik tadqiq qilish muammolari va ularni hal etish yo'llari. // O'zbekiston yuridik jurnali. 2023. № 4.